[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Harbiy unvonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Harbiy unvonlar — qurolli kuchlarning har bir harbiy xizmatchisi va zaxiradagi harbiy majburiyatli shaxsga ularning xizmat mavqei, harbiy va maxsus tayyorgarligi, oʻtagan xizmati muddati, qaysi qoʻshin yoki xizmat turiga mansub ekanligiga, shuningdek, koʻrsatgan xizmatlariga koʻra beriladigan unvon. Harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlaridagi mavqelarini belgilaydi.[1]

Oʻzbekistonda harbiy unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida" qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 16-maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar shtat tuzilishini takomillashtirish haqida"gi farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi unvonlar tabaqalanishi tasdiqlangan.[2]

Yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega boʻlgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishli „adliya“ yoki „tibbiy xizmat“ soʻzlari qoʻshiladi.

Ofitserlar Harbiy unvonida mavjud boʻlgan „kichik leytenant“, shartnoma-kontrakt asosida xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarda mavjud boʻlgan „praporshchik“ unvonlari bekor qilindi.

„Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida“gi qonunda harbiy unvonlar koʻrsatilgan boʻlib, ushbu qonunning 9-moddasiga koʻra, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga boʻlinadi.

Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qoʻshin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga boʻlinadi.

Qoʻshin unvonlari
Qoʻshin unvonlari
Kema tarkibidagi unvonlar
Kema tarkibidagi unvonlar

Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi:

Harbiy xizmatchilar tarkibi[3] Qoʻshin unvonlari Kema tarkibidagi unvonlar
Oddiy askarlar tarkibi Oddiy askar Matros
Serjantlar tarkibi Kichik serjant Starshina
III darajali serjant III darajali starshina
II darajali serjant II darajali starshina
I darajali serjant I darajali starshina
Katta serjant Bosh starshina
Kichik ofitserlar tarkibi
Leytenant Leytinant
Katta leytenant Katta leytenant
Kapitan Kapitan-leytenant
Katta ofitserlar tarkibi
Mayor III rang kapitani
Podpolkovnik II rang kapitani
Polkovnik I rang kapitani
Generallar tarkibi
General-mayor
General-leytenant
General-polkovnik
Armiya generali

‎Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali boʻlib, bu unvon (urush davrida) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoniga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.

Harbiy sohaning yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi ixtisosligiga ega boʻlgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroning harbiy unvoniga tegishlicha „adliya“ yoki „tibbiy xizmat“ soʻzlari qoʻshiladi.

Rezervdagi, zaxiradagi yoki isteʼfodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishlicha „rezervdagi“, „zaxiradagi“ yoki „isteʼfodagi“ degan soʻzlar qoʻshiladi.

Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek, harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiisteʼmol qilganlik, zimmasiga qonunlar va harbiy ustavlar bilan yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun katta ofitserlar va generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondonining qarori bilan pasaytirilishi mumkin. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan ular ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun hukm etilganlarida faqat sudning qarori bilan mahrum qilish mumkin.

  1. Oʻzbekiston Pespublikasining orden va medallari.Harbiy unvonlar va farqlash belgilari., 2013-09-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-26
  2. Harbiy unvonlar haqida qayerdan maʼlumot topsam boʻladi?, 2013-09-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-26
  3. https://lex.uz/docs/-4513434