[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Klaus Shvab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klaus Martin Shvab (1938-yil 30-martda tugʻilgan) – nemis muhandisi, iqtisodchisi va Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF) asoschisi. 1971-yilda tashkilotga asos solganidan beri WEF raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Yoshlik yillari va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvab Ravensburg shahrida Eugen Vilgelm Shvab va Erika Epprextlar oilasida tugʻilgan[1][2]. Uning ota-onasi Uchinchi Reyx davrida otasi Escher Wyss AG sanoat kompaniyasida direktor lavozimini egallashi uchun Shveysariyadan Germaniyaga koʻchib oʻtishgan[3][4]. Shvabning oilasi gestapo tomonidan doimiy kuzatuvda boʻlgan. 1944-yilda uning onasi (Syurixdan boʻlgan) omma oldida shveytsarcha aksent bilan gapirgani uchun gestapo tomonidan soʻroq qilingan[4].

Shvab 1 va 2-sinflarda Shveysariyaning Au ZH shahridagi Vadensvil tumanida joylashgan boshlangʻich maktabda oʻqigan[5].

1961-yilda u Tsyurixdagi Shveysariya Federal Texnologiya Institutini muhandis-mexanik sifatida tamomladi[6] va Der längerfristige Exportkredit als betriebswirtschaftliches Problem des Maschinenbaues (Uzoq muddatli eksport krediti mexanika sohasida biznes muammosi sifatida) muhandislik) muhandislik fanlari doktori ilmiy darajasini egalladi. U, shuningdek, Fribourg universitetida iqtisod fanlari doktori[6][7], va Garvard universiteti qoshidagi Jon F. Kennedi hukumat maktabida Davlat boshqaruvi boʻyicha magistr unvoniga sazovor boʻlgan[8]. Garvardda oʻqish paytida Shvab sobiq Milliy xavfsizlik maslahatchisi va Davlat kotibi Genri Kissinjerga shogird tushdi[9].

Shvab 1972-yildan 2003-yilgacha Jeneva universitetida biznes siyosati boʻyicha professor boʻlib ishlagan va shundan beri faxriy professor lavozimini egallab keladi[6]. Shvab va uning rafiqasi Hilde 1998-yilda Shvab ijtimoiy tadbirkorlik fondiga asos soldilar[10].

Jahon Iqtisodiy Forumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shvab (oʻngdan birinchi) 1971-yilda Davosda Yevropa menejmenti forumini ochib berish jarayonidan.

1971-yilda Shvab Yevropa Menejment Forumiga asos soldi va 1987-yilda Jahon Iqtisodiy Forumi deb qayta nomlandi[11].

2003-yilda Shvab Xose Mariya Figueresni WEFning bosh direktori[12], oʻzining vorisi etib tayinladi. 2004-yil oktabr oyida Figueres Forumda ishlagan vaqtida Fransiyaning Alcatel telekommunikatsiya firmasidan 900 000 AQSH dollaridan koʻproq pul olgani uchun isteʼfoga chiqdi[13][14][15]. 2006-yilda Transparency International oʻzining Global Korrupsiya hisobotida ham bu hodisani taʼkidlagan[16].

Shvab 2011-yilda WEF doirasida „mahalliy, mintaqaviy va global kun tartibini shakllantirish“ maqsadida yoshlar bilan ishlash uchun Global Shapers hamjamiyatiga asos solgan[17].

2015-yilda WEF Shveysariya hukumati tomonidan „xalqaro organ“ sifatida rasman tan olingan[18].

  1. Norton. „Klaus Schwab is not related to the Rothschild family“ (en). Full Fact (2022-yil 25-yanvar). — „Mr Schwab also dedicated his book “Stakeholder Capitalism”, published in 2021, to his parents Eugen Wilhelm Schwab and Erika Epprecht.“. 2022-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.
  2. Schwab, Klaus. Stakeholder Capitalism: A Global Economy that Works for Progress, People and Planet. Wiley, 2021. ISBN 978-1119756132. 
  3. „Norwegian Industrial Workers Museum World Heritage Site – ERIH“ (de). www.erih.net. 2023-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
  4. 4,0 4,1 „Gründer Klaus Schwab zur Geschichte des WEF und zum 50. Treffen in Davos: "Ich will mich von Greta nicht instrumentalisieren lassen"“. Neue Zürcher Zeitung (2020-yil 20-yanvar). 2020-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  5. Jürgen Dunsch: Host of the Mighty: Klaus Schwab and the World Economic Forum in Davos. FinanzBuch Verlag 2016. p. 26f.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Professor Klaus Schwab“ (en). World Economic Forum. 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  7. „Some of our Graduates“ (en). Faculty of Management, Economics and Social Sciences, University of Fribourg. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  8. „Improving the State of the World: a Conversation with Klaus Schwab“. The Institute of Politics at Harvard University. 2020-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  9. „A Partner in Shaping History: The First 40 Years“. World Economic Forum (2010). 2023-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-avgust.
  10. „Home“. Schwab Foundation for Social Entrepreneurship. 2013-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
  11. Pigman, Geoffrey Allen. The World Economic Forum: a multi-stakeholder approach to global governance. London: Routledge, 2007 — 6–22-bet. ISBN 978-0-415-70204-1. 
  12. „José Mariá Figueres Olsen President, Carbon War Room“. eatforum.org (2024-yil 26-noyabr). 2022-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-aprel.
  13. „CEO resigns“. World Economic Forum (2004-yil 29-oktyabr). 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
  14. „WEF director resigns over undeclared fees“. SWI swissinfo.ch (2004-yil 29-oktyabr). 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
  15. „Statement from the World Economic Forum“ (2004-yil 29-oktyabr). 2022-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-aprel.
  16. „Global Corruption Report 2006 – Transparency International, Page 147“. Global Corruption Report 2006 – Transparency International. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
  17. „Building a movement“ (en). Global Shapers Community. 2023-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
  18. „Agreement signed with the WEF“. The portal of the Swiss government. 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-iyun.