[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Kanzas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kansasdan yoʻnaltirildi)
Kanzas
Kansas
Shtat
Kanzas bayrogʻi Kanzas tamgʻasi
Kanzas bayrogʻi Kanzas tamgʻasi

Shtat laqabi: Kungaboqar shtati
(Sunflower State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Topeka
Eng yirik shaharlar Wichita
Overland Park
Kansas City
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 15-oʻrinda

213,096 km²
0.56 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 33-oʻrinda

2,744,687
12.69 kishi/km²
4
6

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 32-oʻrinda

$98,946 million
$36,195

Ittifoqqa kirish

   • Sana

34-boʻlib

29 yanvar 1861

Vaqt UTC-6 (CST) / -7 (MST)
Qisqartma KS [20]
Shtat guli Sunflower

(Helianthus annuus)

Shtat daraxti Cottonwood

(Populus deltoides)

KanzasAQShning markaziy qismidagi shtat. Maydon 213,1 ming km2. Aholisi 2,68 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Topika shahar. Sanoat markazlari — Kanzas-Siti va Uichito shaharlari. Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik, Qoyali togʻlardan Missuri daryosiga tomon qiyalanib boradi. Markaziy qismida Smoki-Xils, Blu-Xils tepaliklari (balandligi 862 m gacha) bor. Iqlimi moʻtadil kontinental iklim (oʻrtacha oylik temperaturaalar —3° dan 26° gacha). Yillik yogin 550–950 mm, yozi qurgʻoqchil. Asosiy daryolari — Kanzas va Arkanzas (yilning koʻp qismida kamsuv). Kanzas — AQShning qishloq xoʻjaligi rivojlangan shtatlaridan. Qishloq xoʻjaligida 2/3 tovar mahsulotini chorvachilik, asosan, goʻsht chorvachiligi beradi. Dehqonchilikda joʻxori (sorgo) va kuzgi bugʻdoy yetishtiriladi. Mamlakatda bugʻdoy hosili boʻyicha birinchi, qoramol soni boʻyicha 4-oʻrinda. Oziq-ovqat (goʻsht-konserva, un tortish, yem ishlab chiqarish.) sanoati rivojlangan. Aviatsiya, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari bor. Neft, tabiiy gaz, geliy (AQShda 1-oʻrinda) olinadi.

Kanzas hududini yevropaliklar egallagunga qadar, u yerda indeys qabilalari yashagan. Yevropaliklar Kanzasga il k bor 1541 yilda kelgan. 1803 yildan AQSH bu shtatni Luiziana tarkibida Fransiyadan sotib olgan. 1854 yilda AQShga qarashli hudud maqomi berildi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil