[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Kamonchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kamonchi — 1) yey, kamon yasovchi usta; 2) yey, kamon otuvchi mergan. K.lardan tuzilgan maxsus harbiy qismlar, asosan, qoʻshinning oldingi safida joylashib, suvoriylar va b. qismlarning muvaffaqiyat bilan olgʻa siljishini taʼminlagan; dushman kuchlari ustiga tinmay oʻq yogʻdirib turgan. Qamal yoki mudofaa janglari vaqtida esa, qalʼaning burj hamda boru (shinak) lari yoxud xandaq ortidagi pistirmadan xujumga oʻtgan dushman askarlarini oʻqqa tutgan. K. istilohiga tegishli keyingi tushuncha moziyda, shuningdek, yoychi, yoyandoz, kamonkash, oʻqchi, novakandoz kabi nomlar bilan ham ifodalangan.

Turk-moʻgʻul xalqlarida oʻgʻil bolani juda yoshlikdan kamon bilan muomala qilishga oʻrgatish odat tusida boʻlgan. Qoʻchqor ustida muallaq turish, qush va hayvon bolalarini kamon bilan ovlash, balogʻat yoshida esa, suvoriylar guru-hidan oʻrin olishga erishish, har bir turk oʻgʻlonining sharafli vazifasi hisoblangan. Oʻq-yoy suvoriylarning uzoqni moʻljalga oluvchi bosh quroli hisoblangan. Oʻq-yoyning jang paytida afzalligini payqagan xitoylik hukmdor Vulin mil. av. 307 y. oʻz askarlarini turkiy qabilalarda ot ustida turib kamondan oʻq uzish sanʼatini oʻqitishni joriy etadi. Oʻgʻuzxon (qarang Mode xoqon) shoxsimon kamondan otilganda hushtak chiqaruvchi oʻqni yasaydi va askarlarini ot ustida turib oʻq otishga oʻrgatadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil