[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Koʻk Nil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koʻk Nil
Tavsif
Uzunligi 1 783
Suv sarfi 1 525,3 m³/s
Joylashuvi
Davlat Efiopiya va Sudan
Koʻk Nil

Koʻk Nil, Bahr ul-Azraq - Afrikadagi daryo, Efiopiya va Sudan hududida. Nilning eng sersuv oʻng ir-mogʻi. Oʻz. 1600 km, havzasining maydoni 300 ming km². Kichik Abbay nomi bilan Choke togʻlari yon bagʻridan boshlanadi. Tana koʻliga quyiladi, undan Abbay nomi bilan oqib chiqib, 20 km dan keyin balandligi 45 m li sharshara hosil qiladi. Boshlanishida qirgʻoqlari pastroq, soʻngra 500 km masofada chuq. 900–1200 m, eni 100–200 m li daradan oqadi. Sudan hududidan chiqqach, K.N. nomini oladi va ancha tekis joyda ilon izi boʻlib oqadi. Hartum shahri yonida Oq Nil bilan qoʻshilib Nil daryosini hosil qiladi. Asosiy irmoqlari: Raxad va Dinder. Yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Quyilish joyidan 580 km masofada kema qatnaydi. Suv sarfi Hartum shahri yaqinida fevralda 127 m³/sek. dan avgustda 5822 m³/ sek. gacha. Sennor shahri yonida toʻgon, GES va suv omborlari qurilgan. Sugʻorishda foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil