[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Forma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Forma (lotincha: „forma“ — koʻrinish) (matematikada) — bir hadlarning darajasi bir xil boʻlgan bir nechta oʻzgaruvchili koʻphad. Oʻzgaruvchilar soni p ga qarab formalar binar (p=2), ternar (p=3) va boshqa, darajasiga qarab chiziqli (t = 1), kvadratik (t=2), kubik (t=3) va hokazo deyiladi. Tatbiq uchun kvadratik formalar katta ahamiyatga ega. Masalan, vektor uzunligining kvadrati vektor koordinatalaridan tuzilgan kvadratik forma bilan ifodalanadi. Sonlar nazariyasida butun sonlarni butun koeffitsiyentli kvadratik forma yordamida tasvirlash juda muhim masaladir. Formalar algebra, geometriya, sonlar nazariyasi, mexanika va matematikaning boshqa sohalarida qoʻllanadi.