Eros (sayyora)
Qiyofa
(Erosdan yoʻnaltirildi)
Eros — Quyosh sistemasidagi kichik sayyora. 1898-yil nemis astronomi G.Vitt kashf etgan. E. Quyosh atrofini 1,76 yilda toʻliq bir marta aylanib chiqadi. Sayyora orbitasining choʻziqligi (ye=0,233) katta boʻlgani uchun uning koʻrinma yulduz kattaligi — 6,7 dan 11,3 gacha oʻzgarib turadi. E. gantel shaklida boʻlib, uning eng uzun qismi 40 km, eng qisqasi 14 km. Orbitasining ekliptikaga ogʻmaligi 10°, 83, Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 1,458 astronomik birlikka teng. Har 37 yilda Yerga juda yaqin keladi va E. kuzatilib, Quyosh parallaksi aniklanadi. E. Yerga 1975-yilda yaqinlashgan va Yer bilan orasidagi masofa 28 mln. km ga teng boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |