[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Era

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Era (lotincha: — ayrim son, boshlangʻich raqam), davr:

  • Xronologiyada — biror yil hisobining boshi va shunday yil hisobi tizimi. Boʻlib oʻtgan biror voqea yoki afsonaviy voqea-hodisa bilan bogʻliq holda tasavvur qilingan. Masalan xristianlarning milodiy yil hisobi (qarang Milod) Iso (Iisus Xristos)ning tugʻilgan kunidan, musulmonlarning hijriy yil hisobi Muhammad (sav)ning Makkadan Madinaga hijrat qilgan yili, yaʼni milodiy 622 yildan boshlangan (qarang Kalendar);
  • Astrologiyada — ilgarigi davrlardan tubdan farq qiladigan davr, Masalan:kosmik era;
  • Geologiyadageoxronologik shkalaning eng yirik boʻlinmasi; Yerning geologik rivojlanishi va unda hayot paydo boʻlishi tarixining eng katta davrini tashkil etadi. Era eratemanit geoxronologik ekvivalenti, eoyaga boʻysunadi va geologik davrlarga boʻlinadi. "Era" termini Xalqaro geologik kongress (1881) tomonidan kiritilgan. Fanerozoy mobaynida eraning davomiyligi qadimiy davrdan yosh davrlarga qarab kamayib boradi (paleozoy 322 mln. yil, mezozoy 183 mln. yil chamasi, kaynozoy — 67 mln. yildan ortiq).