[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Differensial hisob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Differensial hisob — matematikaning hosilalar va differensiallarni hisoblash, ularning xossalarini oʻrganish hamda funksiyalarni tekshirishga tatbiq qilish bilann shugʻullanadigan boʻlimi. 17-asrga kelib Yevropada ishlab chiqarish kuchlarining oʻsishi, turli mashina va inshootlarning yaratilishi, kemasoalikning rivojlanishi, ballistika (umuman, harbiy ish) talablari aniq fanlar, jumladan matematika oldiga juda koʻp yangi masalalarni qoʻyganligi munosabati bilann differensial hisob va integral hisob gʻoyalari vujudga keldi. Differnsial hisobning vujudga kelishidagi dastlabki ishlar egri chiziqqa urinma oʻtkazish masalasini yechishda Ferma, René Descartes va boshqa matematiklar tomonidan qilingan. Isaac Newton va Gottfried Leibniz oʻzlaridan avvalgi matematiklarning bu boradagi ishlarini nihoyasiga yetkazdilar. 17-asr oxiri va 18 asr boshlarida matematik analiz mustaqil fan sifatida shakllandi.

Hosilalar bilan bogʻliq bir necha tushunchalar qadimdan maʼlum boʻlgan boʻlsa ham, ularning hozirgi holini fanga kiritgan deb Isaac Newton (1643-1727) va Gottfried Leibniz (1646-1716) tilga olinadi. Ular mustaqil ravishda (bir-biridan alohida) differensial hisob va hosilalar haqida yozishgan. Ular qoʻshgan eng katta hissa boʻlsa integral hisob bilan differensial hisob orasidagi bogʻlanishni koʻrsatib berish boʻlgan. Ikkalasi Isaac Barrow (1630-1677), René Descartes (1596-1650), Christiaan Huygens (1629-1695), Blaise Pascal (1623-1662) va John Wallis (1616-1703) kabi matematiklar ishiga tayanishgan. Hosilaning birinchi rivojlatirgan odam deb Barrow tilga olinadi, ammo Newton va Leibniz hosila tarixidagu eng muhim shaxslardir. Chunki ularning hissasi eng katta boʻlgan. Newton differnsial hisbodan nazariy fizikda birinchi qoʻllangan, Liebniz boʻlsa hozirda ishlatiladigan belgilashlarning katta qismini ishlab chiqqan.

Hosilalar koʻp maqsadlarda ishlatilinadi. Hosilada funksiyaning turli qiymatlarida oʻzgarish tezligini oʻrganishda keng qoʻllanadi. Yana hosilalar yordamida optimizatsiya masalalari yechiladi. Bunday masalalarda berilgan funksiyaning maksimum yoki minimum qiymatlari topiladi. Optimizatsiya masalalari iqtisod fanida juda keng ishlatiladi. Differensial va integral hisob bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Integrallar egri chiziq ostidagi yuzani va tekislik ostidagi hajmni hisoblashda qoʻl keladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Azlarov T. A., Mansurov X., Matematik analiz, l-qism, T., 1994.