[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Datchik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Datchik (ruscha), birlamchi oʻzgartirgich — oʻlchanayotgan fizik kattalik (bosim, temperatura, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga ishlov berish va qayd qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib beradigan vosita. Oʻlchash, signal yoki rostlash qurilmalari tizimining muhim qismi; sezgir elementi tekshirilayotgan miqdorlar (bosim, temperatura, tezlik, yorugʻlik kuchi, elektr toki, kuchlanish va b.) taʼsirini sezadi. Ishi elektr qarshiligi, sigʻim, induktivlikka, shuningdek, nazorat qilinadigan mexanik, akustik, issiqlik, elektr, optik, magnit kattaliklar taʼsir etganda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil boʻlishiga asoslangan D.lar (sigim datchigi, induktiv D., induksion D. va hokazo) keng tarqalgan. Elektr zanjirlarida kontaktlarning ulanib-uzilishiga asoslangan D.lar (kontakt datchigi) va elektr mashina D.lari ham bor. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarining amaliy kis-mini bajarishda ishlatiladi. D. avtomatika va telemexanika qurilmalarining muhim qismi hisoblanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil