Gvayak smolasi
Qiyofa
Gvayak smolasi — gvayak daraxti (Guaiacum offi cinale)HHHr oʻzagi tarkibida (22% gacha) uchraydigan smola. Qizil-qoʻngʻir rangli boʻlib, spirt, atseton, efir va ishqorlarda eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 85°, zichligi 1200 kg/m3. Maydalangan daraxt tanasini quruq haydash yoki qaynatish yoʻli bilan olinadi. Gvayak smolasining spirtdagi eritmasi oksidlovchilar taʼsirida yashil yoki havo rang tusga kiradi. Gemoglobinga reaktiv sifatida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |