[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Greypfrut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Greypfrut

Greypfrut (Gitrus paradisi Macf.) — rutadoshlar oilasiga mansub doimiy yashil subtropik oʻsimlik; meva turi. Vatani — Hindiston. Yovvoyi holda uchramaydi. AQSh, Yaponiya, Hindiston, Gruziyada, Kavkazning Qora dengiz boʻylarida yetishtiriladi.

Daraxti baland (15 m), novdalari tikanli, bargi yirik, tuxumsimon, yaltiroq. Issiqsevar va namsevar. Guli oq, mevasi yirik (250—600 g), diametri 15 sm gacha boradi, yakka holda yoki 2—15 donasi bir shingilda yetiladi, yassiroq, baʼzan dumaloq, tusi koʻkimtirsargʻish, eti shirali. Poʻsti qalin (1 sm atro-fida), mazasi nordon-chuchuk. Noyabrdekabr oylarida pishadi.

Mevasi tarkibida 88—90% suv, 3,8—6,7% qand, 1,4—2,4% organik kislotalar, poʻstida 9,2—19% pektin moddalari; 100 g sharbatida 45 mg gacha S vitamini bor. Yangiligida yeyiladi, sharbat olinadi, kompot, murabbo tayyorlanadi. Hosildorligi 150 s/ga. Marsh sidlis, Dunkan, Foster, Sheddok, Gulripshskiy, gibrid № 1537 va b. navlari mashhur. Aksariyat trifoliatta payvand qilish bilan koʻpaytiriladi.

G. agrotexnikasi apelsin, limon va b. sitrus oʻsimliklarnikiga oʻxshash. Oʻzbekistonda G. issiqxonalarda va tuvaklarda oʻstiriladi (qarang Sitrus mevalar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil