Gruziya Mudofaa vazirligi
Turi | harbiy |
---|---|
Maqomi | vazirlik |
Ishga tushgan sanasi | 1991-yil |
Joylashuvi | General Kvinitadze Str. N20, Tbilisi, Georgia 0112 |
Hududiy xizmati | Gruziya hukumati |
Budjet |
₾1.359 billion in 2015 ($616.526 million)[1] |
Ishchilar soni | 42,542 |
Vebsayti | www.mod.gov.ge |
Gruziya Mudofaa vazirligi (gruzincha: საქართველოს თავდაცვის სამინისტრო, sakartvelos tavdatsvis saministro)—Gruziya Mudofaa kuchlariga qarashli Gruziya hukumati vazirligi boʻlib, mamlakatni tashqi tahdidlardan himoya qilish, hududiy yaxlitligini saqlash va Gruziya nomidan urushlar olib borish boʻyicha faoliyatni tartibga soladi. Gruziya Mudofaa vaziri Gruziya Bosh vaziri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Hozirda vazirlikni Xuansher Burchuladze boshqarmoqda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet Ittifoqining parchalanishi va 1980-yillarning oxirida Gruziyadagi siyosiy tartibsizliklar davrida Gruziya armiyasi hokimiyat uchun kurashda va uni saqlab qolishda muhim rol oʻynadi. 1992-yil noyabr oyida Gruziya parlamenti Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. Kengash oʻzining barcha faoliyati haqida parlamentga hisobot bergan, biroq bevosita davlat rahbari va Qurolli Kuchlar Bosh qoʻmondoni boʻysungan. Keyin Kengash raisi etib Eduard Shevardnadze tayinlandi. Gruziya siyosatchilari Jaba Ioseliani va Tengiz Kitovani Shevardnadze tomonidan rais oʻrinbosarlari, Gruziya TIVning AQSh boʻyicha eksperti Tedo Japaridze esa raisning yordamchisi etib tayinlandi. Kengash Gruziyaning harbiy va xavfsizlik masalalari boʻyicha majburiy qarorlar toʻliq chiqarish huquqqa ega edi. 1993-yil may oyida Ioseliani va Kitovani kengashdagi vazifalaridan ozod qilindi va hukumat hokimiyat bazalari tarqatib yuborildi, bu esa Shevardnadzega katta hokimiyatni egallash imkonini berdi[2].
Mudofaa vazirligi 1991-yilda tashkil etilgan[3]. Sovet Ittifoqi parchalanganda, Gruziya Gruziya SSRda joylashgan Sovet Armiyasining aksariyati qismi eskirgan, kam miqdordagi kerakli harbiy texnikalarni saqlab qoldi. Gruziyadagi fuqarolar urushi tufayli Gruziya armiyasi qisqargan va resurslari cheklangan edi. Moliyaviy manbalarning etishmasligi tufayli Gruziya hukumatini mudofaa uchun kamroq mablagʻ ajratishga majbur qildi, mudofaa byudjeti 1999-yilda 55 million Lari (36,7 million dollar) edi. 1999-yilda Gruziyada mavjud boʻlgan yettita mustaqil qurolli kuchlar, jumladan, Qurolli Kuchlar, Gruziya Milliy gvardiyasi, Chegara qoʻshinlari, Ichki qoʻshinlar, Mustaqil hujum brigadasi, Politsiyaning maxsus boʻlinmasi va Mudofaa boʻlimining maxsus xizmati oʻrtasida hamjihatlikda ish koʻrish yoʻq edi.2005-yilga kelib Gruziya hukumati mudofaa kuchlarining yettita boʻlinmasini birlashtirdi. Milliy gvardiya va Mustaqil hujum brigadasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi Gruziya Qurolli Kuchlariga , Chegara qoʻshinlari va politsiyaning maxsus boʻlinmasi Ichki ishlar vazirligiga boʻysundirildi. Qurolli Kuchlar safidagi xizmatchilar soni 15 ming nafarga qisqartirildi. Gruziya tashqi siyosati va xavfsizlik siyosatining bir qismi sifatida hukumat Yevropa va Yevro-Atlantika siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik tuzilmalariga izchil integratsiyalashishga harakat qilmoqda. Jarayon doirasida Yevro-Atlantika integratsiyasi boʻyicha davlat vazirligi ham tashkil etildigan. 2007-yil 15-iyulda qabul qilingan „Gruziya harbiy kuchlari sonini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Gruziya armiyasidagi harbiy xizmatchilar soni 5000 nafar harbiy xizmatchiga koʻpaytirilib, ularning umumiy soni 37 ming nafar harbiy xizmatchiga yetkazildi.
Tashkiliy tuzilma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vazirlikka vazir boshchilik qiladi, unga vazirning birinchi oʻrinbosari va ikkita oʻrinbosari yordam beradi. U toʻrtta asosiy boʻlimdan iborat:
- „Delta“ davlat harbiy ilmiy-texnika markazi
- Harbiy politsiya boshqarmasi
- Umumiy tekshirish
- Harbiy razvedka boshqarmasi[4].
Quyidagilar vazirlikka boʻysunuvchi muassasalar hisoblanadi:
- Davlat gidrografiya xizmati
- Gruziya kursantlar harbiy litseyi
- Krtsanisi milliy oʻquv markazi
- Sachxere tog'li o'quv maktabi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gruziya mudofaa vaziri
- Gruziya Vazirlar Mahkamasi
- Gruziya mudofaa kuchlari
- Gruziya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Budget of Ministry of Defense of Georgia“ (PDF). www.mod.gov.ge. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-may.
- ↑ „Global Security. Georgia - Ministry of Defence“. Qaraldi: 2011-yil 12-aprel.
- ↑ „Вооружённые силы Грузии“ [Armed Forces of Georgia]. 2013-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-aprel.
- ↑ „Ministry of Defence. Structure“. Qaraldi: 2011-yil 12-aprel.