Gaz-beton
Qiyofa
Gaz-beton — betonning bir turi. Sement qorishmasi (portlandsement, yanchilgan ohak va b.) bilan gaz hosil qiluvchi qoʻshimchalar (alyuminiy, rux, magniy va vodorod peroksid kukuni) aralashmasidan tayyorlanadi. Alyuminiy yoki boshqa qoʻshimchalar kalsiy gidrat oksidi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishganda ajraladigan vodorod aralashmani koʻpirtiradi. U qotgach, gʻovak tuzilishli G.-b. hosil boʻladi. G.-b., asosan, binolar uchun issiqlik izolyatsiya va konstruktivissiqlik izolyatsiya materiali sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |