[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Gordiy tuguni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gordiy tuguni - yunon afsonasiga koʻra frigiyalik podshoh Gordiy tomonidan boʻyinturuq arqonini arava shotisiga chital qilib bogʻlangan tugun. Bashoratchi kohin(orakul)ning soʻzlariga koʻra, goʻyo kimda-kim bu tugunni yecha olsa, u dunyoga hokim boʻlar emish. Rivoyat qilinishicha, mil.av. 334 y. Aleksandr (Iskandar Maqduniy)ga G. t. ni yechishni taklif etganlarida u qilichi bilan tugunni chopib tashlagan. "G. t.ni chopib tashlash" (chigal, murakkab masalani tez va dadil hal qilish) iborasi shundan olingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil