[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Goldbax muammosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goldbax muammosi — sonlar nazariyasining hali toʻla yechimini topmagan muammolaridan biri.

X.Goldbax 1742-yil 7-iyunda L.Eylerga yozgan xatida „Menimcha har qanday natural son uchta tub son yigʻindisidan iborat“ degan fikrni bayon qilgan. Eyler oʻzining javob xatida: „Har qanday juft son ikkita tub son yigʻindisidan iboratligiga aminman, lekin afsuski, juda koʻp uringan boʻlsamda, men buni isbot qilolmayapman“ deb yozgan.

Bu gipotezalar birgalikda Goldbax-Eyler gipotezalari yoki Goldbax-Eyler muammosi deb yuritiladi.

Agar Goldbax gipotezasini juft sonlar va toq sonlar uchun alohida yozilsa, u holda Goldbax-Eyler gipotezalarini quyidagicha bayon qilish mumkin:

Goldbaxning kuchli binar gipotezasi (yoki Eyler gipotezasi):

„Har qanday juft son ikkita tub son yigʻindisidan iborat“.

Juft sonlar uchun Goldbaxning kuchsiz ternar gipotezasi:

„Har qanday juft son uchta tub son yigʻindisidan iborat“.

Toq sonlar uchun Goldbaxning kuchsiz ternar gipotezasi:

„Har qanday toq son uchta tub son yigʻindisidan iborat“.
  • B.Y.Yagudayev „Ajoyib sonlar olamida“ „Oʻqituvchi“. Toshkent. 1973-yil.