[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Burchaktishlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Burchaktishlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Burchaktishlar, burchak tishli tritonlar (Hynobius) — dumli amfibiyalar urugʻi. Tanglay tishlari burchak shaklida qayrilgan. 18 ta turi bor. Sharqiy Osiyo va Sibirda tarqalgan. Sibir burchaktishi yoki toʻrt barmoqli triton (Hynobius Keyserlingii) ning uz. 13 sm gacha, dumi 6 sm ga yaqin, tanasining orqa va yon tomonlari boʻz rangda, ustida mayda xollari va och rang yoʻllari bor. Oʻrta Osiyo (Pomir va Samarqand)da Turkiston B.i (N. turcestanicus) tarqalgani toʻgʻrisida maʼlumot bor. Turkiston B.i barmogining 5 ta boʻlishi bilan boshqa turlardan farq qiladi. B. quruqlikda yashaydi, urchish davrida suvga tushadi. Erkagi spermatozoidlar bilan toʻla spermatoforini, urgʻochisi esa 7—50 uvuldiriqli uzunchoq diriddoq xaltachasini suvga tashlaydi. Tuxumlari suvda urugʻlanadi. B. turli umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil