[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Buckingham saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buckingham saroyi
Umumiy maʼlumot
Turi Saroy
Shahar Westminster
Mamlakat Angliya
Qurilishi boshlangan 1703-yil
Qurilishi tugagan 1850-yil
Buckingham Palace
Buckingham saroyi

Buckingham saroyi (BB: /ˈbʌkɪŋəm/)[1] London qirollik qarorgohi va Birlashgan Qirollik monarxining maʼmuriy shtab-kvartirasi[2]. Westminster shahrida joylashgan saroy koʻpincha davlat tadbirlari va qirollik mehmondoʻstligi markazida hisoblanadi.

Dastlab Buckingham uyi nomi bilan tanilgan. Bugungi kunda saroyning markazida joylashgan bino 1703-yilda Buckingham gertsogi uchun qurilgan. U 1761-yilda qirol Jorj III tomonidan qirolicha Sharlottaning shaxsiy qarorgohi sifatida sotib olingan va Qirolichaning uyi sifatida tanilgan. XIX asrda markaziy hovli atrofida meʼmorlar Jon Nesh va Edvard Blor tomonidan uchta bino qurilgan. Buckingham saroyi 1837-yilda qirolicha Viktoriya taxtga kirishi bilan Britaniya monarxining Londondagi qarorgohiga aylandi.

Soʻnggi yirik qurilishlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida, qirol oilasi anʼanaviy tarzda xalqni kutib oladigan mashhur balkonni qurish bilan yakunlangan. Ikkinchi jahon urushi paytida nemis bombasi saroy ibodatxonasini vayron qiladi, oʻsha joyda Qirolicha galereyasi ham boʻlgan edi va u galeriya urushdan keyin 1962-yilda Qirollik kolleksiyasidagi sanʼat asarlarini namoyish qilish uchun jamoatchilikka ochilgan.

XIX asr boshidagi asl interyer dizaynlarining aksariyati saqlanib qolgan. Koʻpgina kichikroq qabul xonalari Brightondagi Qirollik pavilyonidan va Karlton uyidan olib kelingan mebel va jihozlar bilan va Xitoyning regency uslubida jihozlangan. Saroyda 775 ta xona mavjud va saroy bog` Londondagi eng katta xususiy bogʻdir. Saroyda rasmiy va davlat koʻngilochar tadbirlari uchun foydalaniladigan xonalar mavjud boʻlib har yili avgust va sentyabr oylarida va qish va bahorning ayrim kunlarida jamoatchilikka ochiq.

  1. „Buckingham“. Collins Dictionary. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  2. „Buckingham Palace“. Royal Household (2015-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 21-aprel.