[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Brittlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brittlar — kelt qabilalaridan biri. Miloddan avvalgi 8 — milodiy 5-asrlarda Britaniyaning asosiy aholisi. B. anglosakslar tomonidan boʻysundirilib (5—6-asrlar), bir qismi qirib tashlangan, bir kismi Uels, Shotlandiya va Galliyadagi Armorika yarim orolga koʻchirilgan va bu yer Bretan deb atala boshlangan. Britaniyada qolgan qismi ingliz millatining shakllanishida muhim rol oʻynagan. "Britaniya" atamasi B.dan olingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil