[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Brage Tixo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tycho Brahe
Tavalludi 1546-yil 14-dekabr
Vafoti 1601-yil 24-oktyabr
Fuqaroligi Daniya
Otasi Otte Brahe
Onasi Beate Clausdatter Bille

BRAGE (Brahe) Tixo (1546.14.12, Knudstrup – 1601.13.10, Praga) – daniyalik astronom; amaliy astronomiya islohotchisi. Brage boshchiligida qurilgan rasadxona (1576) Uraniborg, yaʼni „astronomlar uyi“ deb atadi. Brage rasadxonada 20 yildan ortiq yulduz, sayyora va kometalar ustida tadqiqotlar olib bordi. Oy harakatidagi yillik notekislik va variatsiyalarini, kometalar atmosfera hodisasi emasligi (ularning Oydan ham yiroqda ekanligi)ni aniqladi. Yoruglikning Yer atmosferasidagi refraksiyasch jadvallarini tuzdi. Yillik presessiya qiymatini juda aniq (51") topdi. Brage Kopernik sistemasini tan olmagan. U Yer olam markazida joylashgan, Quyosh uning atrofida aylanadi, sayyoralar esa Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrga kelgan. Brage ning Marsni kuzatuvlari natijalari asosida I. Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunini yaratgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Tycho Brahe. {{{sarlavha}}}. — 2009.
  • Heilbron Jon L. {{{sarlavha}}}. — London, 2000-yil 2-Noyabr.



Daniya operatsiyasi rejasi
Daniya operatsiyasi rejasi

Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940, nemischa: Die Besetzung von Dänemark ) — Uchinchi reyxning Daniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan. Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlari Kopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlgan Olborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan. (Davomi...)