[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Bill Clinton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bill Clinton

Rasmiy portret (1993)
42-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 1993-yil – 20-yanvar 2001-yil
Vitse-prezident Al Gore
Oʻtmishdoshi George H. W. Bush
Vorisi George W. Bush
40- va 42-Arkansas gubernatori
Mansab davri
11-yanvar 1983-yil – 12-dekabr 1992-yil
Oʻtmishdoshi Frank D. White
Vorisi Jim Guy Tucker
Mansab davri
9-yanvar 1979-yil – 19-yanvar 1981-yil
Oʻtmishdoshi Joe Purcell
Vorisi Frank D. White
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
William Jefferson Blythe III

19-avgust 1946-yil (1946-08-19) (78 yosh)
Hope, Arkansas, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Demokratlar partiyasi
Boʻyi Demokratlar
Turmush oʻrtogʻi
Hillary Rodham (turm. 1975)
Bolalari Chelsea Clinton
Ota-onasi
  • William Jefferson Blythe, Jr.
  • Virginia Clinton Kelley
Istiqomat joy(lar)i
Taʼlim Georgetown universiteti (bakalavr)
Oxford universiteti (daraja yoʻq)
Yale universiteti (JD)
Kasbi
  • Siyosatchi
  • huquqshunos
  • professor
  • muallif
Imzosi

William „Bill“ Jefferson Clinton (talaffuzi: Uillyam „Bill“ Jefferson Klinton; 1946-yil 19-avgustda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi va prokuror boʻlib, 1993-yildan 2001-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 42-prezidenti lavozimini bajargandir. Bungacha 1977-yildan 1979-yilga qadar Arkansas shtati bosh prokurori, 1979-yildan 1981-yilgacha va 1983-yildan 1992-yilgacha Arkansas shtati gubernatori vazifalarida faoliyat yuritgan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Clinton siyosatida „Uchinchi yoʻl“ siyosiy falsafasi aks etgani ortidan „Yangi demokrat“ oʻlaroq tanildi. Uning rafiqasi Hillary Clinton boʻlib, u 2001-yildan 2009-yilga qadar New York shtatidan senator, 2009-yildan 2013-yilga qadar davlat kotibi va 2016-yilgi prezidentlik saylovida Demokratlar partiyasidan nomzod boʻlgan.

Clinton Arkansas shtatida tugʻilib oʻsgan. Maktabni tugatgach, Georgetown universitetiga oʻqishga kirgan. U Oxford universitetida Rhodes nomidagi stipendiya asosida oʻqidi, keyinchalik Yale universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomladi. U Hillary Rodham bilan Yaleda uchrashgan; ular 1975-yilda turmush qurishgan. Yaleni tugatgach, Clinton Arkansasga qaytdi va shtat bosh prokuroriligi saylovlarida qatnashib, gʻalaba qozondi, keyinchalik ikki muddat (ketma-ket emas) Arkansas gubernatori lavozimini (1979-1981, 1983-1992) bajardi. Gubernator sifatida, u shtat taʼlim tizimiga eʼtibor qaratdi va Gubernatorlar milliy assotsiatsiyasi raisi lavozimida faoliyat olib bordi. Clinton 1992-yilgi prezidentlik saylovida qatnashdi va Respublikachilar partiyasidan George H. W. Bush va mustaqil nomzod Ross Perot ustidan gʻalaba qozondi. Shunday qilib, 46 yoshida AQSh prezidenti lavozimini egallab, buning ortidan AQSh tarixida uchinchi eng yosh prezident boʻldi.

Clinton 1996-yilgi prezidentlik saylovlarida ham gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylandi. Ikkinchi muddati davomida Clinton 22 yoshli Oq uy xodimasi Monica Lewinsky bilan jinsiy aloqa qilganligi ortidan 1996-yilda boshlangan Monica Lewinsky mojarosi uning nufuziga putur yetkazdi. Bu mojaro yil davomida avj oldi va shu yilning 19-dekabrida Vakillar palatasi unga qarshi impichment eʼlon qildi va Clinton AQSh tarixida Andrew Johnsondan keyin impichment eʼlon qilingan ikkinchi prezident boʻldi. Clinton sudga yolgʻon koʻrsatmalar berganlikda hamda prezidentlik vakolatlaridan foydalangan holda haqiqatni qaror toptirishga toʻsqinlik qilganlikda ayblandi. Keyingi yili Sentada impichment boʻyicha sud jarayoni boshlandi, ammo Senatda unga qarshi 67 ta ovoz toʻplanmadi va buning ortidan Clinton ikkala ayblov boʻyicha ham oqlandi.

Clinton prezidentlik lavozimini muddati tugab tark etganidan soʻng, turli ommaviy tadbirlarda chiqish qildi va insonparvarlik ishlari bilan shugʻullandi. Uning prezidentlik davri AQSh prezidentlari tarixiy reytingida yuqori oʻrinni egallagan. Clinton OITSga qarshi kurash va global iqlim oʻzgarishi bilan shugʻullanuvchi Clinton Jamgʻarmasiga asos soldi. 2009-yilda BMTning Gaiti boʻyicha maxsus vakili etib tayinlandi. 2010-yili sodir boʻlgan Gaiti zilzilasidan soʻng, Clinton va George W. Bush birgalikda Clinton Bush Haiti Fund xayriya fondiga asos solishdi. Clinton Demokratlar partiyasi siyosatida faolligicha qolib, turmush oʻrtogʻini 2008- va 2016-yilgi saylovlarda qoʻllab-quvvatladi.

Dastlabki hayoti va karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Clinton 1963-yilda

Clinton 1946-yil 19-avgustda Arkansas shtatining Hope shahrida Julia Chester shifoxonasida dunyoga kelgan.[1] Tugʻilgan paytida ismi William Jefferson Blythe III (talaffuzi: Uilyam Jefferson Blayt III) boʻlgan. Otasi William Jefferson Blythe Jr. oʻgʻli tugʻilishidan uch oy avval avtomobil halokati tufayli vafot etgan. Onasi — Virginia Dell Cassidy (keyinchalik Virginia Kelley).[2] Ular 1943-yil 4-sentyabrda turmush qurishgan.[3] Virginia oʻgʻli Bill tugʻilganidan soʻng, hamshiralikka oʻqish uchun Billni ota-onasi Eldridge va Edith Cassidyga tashlab, Yangi Orleanga ketadi va Billni ota-onasi Eldridge va Edith Cassidyga tashlab ketadi. Billning bobosi va buvasi boʻlmish Cassidylar Hope shahrida oziq-ovqat doʻkoniga egalik qilishib, uni yurgizishgan.[4] Ular AQSh janubida irqchilik ketayotgan bir davrda barcha irqdagilar uchun mahsulotlarini kredit asosida berishgan.[4][5][6][7][8] 1950-yili Billning onasi hamshiralik maktabidagi oʻqishdan qaytib kelgach, Roger Clinton Sr.ga turmush quradi. Roger Arkansas shtatining Hot Springs shahrida akasi Earl T. Ricks bilan birgalikda avtomobil sotadigan firmaga egalik qilgan.[4] Shunday qilib, oila 1950-yili Hot Springsga koʻchib oʻtgan.[9]

Bill qisqa fursatda oʻgay otasini familiyasini oldi.[4][10] Clinton oʻgay otasini muntazam ravishda onasini va oʻgay ukasi Roger Clinton Jr.ni uradigan qimorboz va piyonista sifatida tasvirlaydi. Bill ularni himoya qilganda koʻp marota oʻgay otasi unga kuch ishlatishi bilan tahdid qilgan.[11]

Hot Springsda Clinton St. Johnʼs katolik boshlangʻich maktabi, Ramble boshlangʻich maktabi va Hot Springs oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda faol oʻquvchilar lideri, gʻayratli kitobxon va musiqachi boʻlgan.[4] Oʻquvchilik yillarida saksofon ham chalgan.

Clintonning hayotidagi ikki hodisa uning jamoat arbobi boʻlish qaroriga muhim taʼsir oʻtkazgan boʻlib, ularning ikkalasi ham 1963-yilda sodir boʻlgan. Birinchisi, Boys Nation senatori sifatida prezident John F. Kennedy bilan uchrashish uchun Oq uyga tashrifi boʻlgan.[11] Ikkinchisi, Martin Luther King Jr.ning „I Have a Dream“ („Menda orzu bor“) nomli nutqini televizor orqali tomosha qilgani boʻlgan, ushbu nutq uni shunchalik lol qoldirganki, keyinchalik uni yod oladi.[12]

Saylov tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Lavozim Yurisdiksiya Demokratlar Respublikachilar Boshqa
1974 Arkansas 3-okrug Arkansas Bill Clinton 48 % John Paul Hammerschmidt 52 %
1976 Arkansas bosh prokurori Arkansas Bill Clinton Lavozim yoʻq
1978 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Clinton 63 % Lynn Lowe 37 %
1980 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Clinton 48 % Frank White 52 %
1982 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Clinton 55 % Frank White 45 %
1984 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Clinton 63 % Woody Freeman 37 %
1986 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Clinton 64 % Frank White 36 %
1990 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Clinton 57 % Sheffield Nelson 42 %
1992 AQSh prezidenti AQSh Bill Clinton 43 % George H. W. Bush 37 % Ross Perot (I) 19 %
1996 AQSh prezidenti AQSh Bill Clinton 49 % Bob Dole 41 % Ross Perot (Reform) 8 %
  1. „Directory of Irish Genealogy: American Presidents with Irish Ancestors“. Homepage.eircom.net (23-mart 2004-yil). Qaraldi: 30-avgust 2011-yil.
  2. „Biography of William J. Clinton“. whitehouse.gov. Qaraldi: 30-avgust 2011-yil.
  3. Andrews, Edmund L.. „Clinton Reported to Have A Brother He Never Met“. The New York Times (21-iyun 1993-yil).
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Clinton, Bill. My Life. Random House, 2004. ISBN 978-1-4000-3003-3. 
  5. Chafe, William H.. Bill and Hillary: The Politics of the Personal. New York: Farrar, Straus and Giroux, 2012 — 11-bet. ISBN 978-0-8090-9465-3. 
  6. Bill Clinton: The Inside Story. New York: S.P.I. Books, 1992 — 5–6-bet. ISBN 978-1-5617-1177-2. 
  7. Takiff, Michael. A Complicated Man: The Life of Bill Clinton as Told by Those who Know Him. New Haven, Conn.: Yale University Press, 2010 — 4-bet. ISBN 978-0-3001-2130-8. 
  8. Flanagan, Sylvia P., muh. (8-sentabr 1997-yil). „First Black Food Stamp Chief has Ties to President Clinton“. Jet. Chicago: John N. Johnson. 10-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  9. Gormley, Ken. The Death of American Virtue: Clinton vs. Starr. New York: Crown Publishers, 2010 — 16–17-bet. ISBN 978-0-307-40944-7. 
  10. „Oprah Talks to Bill Clinton“. O, The Oprah Magazine (2004-yil avgust). Qaraldi: 18-dekabr 2011-yil.
  11. 11,0 11,1 Maraniss, David. First in His Class: A Biography of Bill Clinton. Touchstone, 1996. ISBN 978-0-684-81890-0. 
  12. „It All Began in a Place Called Hope (Archived whitehouse.gov Article)“. Oq uy. 19-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2011-07-19 sanasida arxivlangan)

Oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Peter Baker The Breach: Inside the Impeachment and Trial of William Jefferson Clinton (2000) ISBN 978-0-684-86813-4
  • James Bovard Feeling Your Pain: The Explosion and Abuse of Government Power in the Clinton-Gore Years (2000) ISBN 978-0-312-23082-1
  • Joe Conason va Gene Lyons The Hunting of the President: The Ten-Year Campaign to Destroy Bill and Hillary Clinton (2003) ISBN 978-0-312-27319-4
  • Elizabeth Drew On the Edge: The Clinton Presidency (1994) ISBN 978-0-671-87147-5
  • David Gergen Eyewitness to Power: The Essence of Leadership. (2000) ISBN 978-0-684-82663-9
  • Nigel Hamilton Bill Clinton: An American Journey (2003) ISBN 978-0-375-50610-9
  • Christopher Hitchens No One Left to Lie to: The Triangulations of William Jefferson Clinton (1999) ISBN 978-1-85984-736-7
  • Michael Isikoff Uncovering Clinton: A Reporter’s Story (1999) ISBN 978-0-609-60393-2
  • Mark Katz (speechwriter)|Mark Katz Clinton and Me: A Real-Life Political Comedy (2004) ISBN 978-0-7868-6949-7
  • David Maraniss The Clinton Enigma: A Four and a Half Minute Speech Reveals This Presidentʼs Entire Life (1998) ISBN 978-0-684-86296-5
  • Dick Morris with Eileen McGann Because He Could (2004) ISBN 978-0-06-078415-7
  • Richard A. Posner An Affair of State: The Investigation, Impeachment, and Trial of President Clinton (1999) ISBN 978-0-674-00080-3
  • Mark J. Rozell The Clinton Scandal and the Future of American Government (2000) ISBN 978-0-87840-777-4
  • Timperlake, Edward va William C. Triplett II Year of the Rat: How Bill Clinton Compromised U.S. Security for Chinese Cash. Washington, D.C.: Regnery Publishing, 1998. ISBN 978-0-89526-333-9
  • Michael Waldman POTUS Speaks: Finding the Words That Defined the Clinton Presidency (2000) ISBN 978-0-7432-0020-2
  • Ivory Tower Publishing Company. Achievements of the Clinton Administration: the Complete Legislative and Executive. (1995) ISBN 978-0-88032-748-0