[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Asparux

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asparux (Isperix, Ispor, Aspi-rek) (? – 701) – qadimgi turkiyzabon bulgʻorlar xoni (643 – 701), ilk slavyan-bolgar davlati (6811018) asoschisi. Asparux bulgʻor qabilalari ittifoqi yoʻlboshchisi Kubratxon (Qorotxon)ning uchinchi oʻgʻli boʻlgan. Asparux koʻchmanchi bulgʻorlarning bir qismi bilan Azov boʻyidan xazarlar tazyiqi ostida Bes-sarabiyaga, soʻngra Dunayning Vizantiyaga qarashli o'ng sohilidagi yerlarga oʻtgan. 679 yil Meziya viloyatiga koʻchgan, mahalliy slavyanlar ustidan gʻalaba qozongan, Do-bruja va uning atrofidagi yerlarga yoyilib, hozirgi Shimoliy Bolgariyadagi yetti slavyan qabila ittifoqini va boshqa ayrim qabilalarni boʻysundirib Vizantiya tan olishga majbur boʻlgan yagona, qudratli davlat barpo etgan (681) (qarang Birinchi Bulyur podsholigi).[1]

  1. "Asparux" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil