[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Ajmer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ajmer, Ajmir – Hindistonning Rajastxan shtatidagi shahar. Aravali togʻida, 900 m balandlikda joylashgan. Aholisi 402 ming kishi (1991). Transport yoʻllari tuguni va toʻqimachilik sanoati markazi mavjud. Ipgazlama, shoyi va trikotaj fabrikalari, mashinasozlik korxonalari, temir yoʻl ustaxonalari bor. Badiiy hunarmandchilik (shoyiga gul tikish, toʻr toʻqish) rivojlangan. Mamlakatning asosiy diniy markazlaridan. Ajmer 12-asr boshlarida vujudga kelgan va Chauxanlar davlatining poytaxti boʻlgan. 1192-yildan Muhammad Gʻuriyga qarashli, keyinroq Dexli sultonlari tasarrufiga oʻtgan. 1556-yildan Boburiylar hukmronligida boʻlgan. 1818-yilda inglizlar bosib olgan. 1947-yildan mustaqil Hindiston tarkibida. Ajmerda 12-asrda qurilgan masjid, 16-asrda solingan qal’a va saroylar saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil