[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Abdullo Tangriyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdullo Tovashevich Tangriyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 28-mart 1981-yil (1981-03-28) (43 yosh)
Surxondaryo, O'zbekiston
Boʻyi 187 sm
Vazni 122 kg
Sport
Qaysi sport Dzudo, Kurash
Murabbiy(lar)i Pyataev Vladimir
Medallar

Oʻzbekiston iftixori[1]

Abdullo Tangriyev
Medal soni
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Dzudo
Kumush Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 +100 kg
Bronza Osaka 2003 Mutlaq
Bronza Rio-de-Janeyro 2007 Mutlaq
Bronza Rotterdam 100 kg
Oltin Tyumen 2011 Mutlaq
Kumush Pusan 2002 Mutlaq
Bronza Doxa 2006 100 kg
Bronza Qishki Olimpiada oʻyinlari 2014 100 kg

Abdullo Tangriyev (1981-yil 28 martda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik dzyudochi. U yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008ning +100 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Abdullo Tangriyev 1981-yil 28 martda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. U 10 yoshidan dzyudo bilan shugʻullangan. 1995-yildan Chirchiq Olimpiya maktabida mashgʻulotlarga kirishgan. U oʻz isteʼdodini erta yoshidan namoyish eta olgan va 19 yoshida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya terma jamoasiga chaqirilib, Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2000da qatnashgan. Ishga qabul qilish

Olimpiadadan soʻng 2001-yilda dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. 2003-yilda u Cheju provinsiyasida oʻtkazilgan superogʻir vazn toifasida birinchi marta Osiyo chempioni boʻldi. Keyingi yillarda (2005, 2007, 2008, 2011) dzyudo boʻyicha Osiyo chempioni boʻldi.

2003-yil xuddi shu yili Tangriyev Osaka shahrida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha 23-Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi. 2005-yil (Rio-de-Janeyro) va 2009-yil (Rotterdam) dzyudo boʻyicha Jahon chempionatida ikki marta bronza medaliga sazovor boʻldi.

2008-yilda Yozgi Olimpiada Oʻyinlarida Tangriyev 100kg vazn toifasida musobaqaning final bosqichiga chiqdi va u kurashni boy berib ikkinchi oʻrinni egalladi. [2] [3] [4]

2012-yilda Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2012da Tangriyev giyohvand moddalar sinovidan oʻtkazilganida nasha topilganligi sababli professional sportdan 2 yilga chetlashtirildi.[2][2][3][4][5]

  1. https://lex.uz/ru/docs/2369452
  2. 2,0 2,1 „Article about Abdullo Tangriev“. 4-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2016-yil.(Wayback Machine saytida 2016-04-04 sanasida arxivlangan)
  3. „Archived copy“. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2016-yil.(Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)
  4. http://judoinfo.com/03wc.htm
  5. „Article about Abdullo Tangriev (old.ziyonet.uz)“. 11-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2016-yil.(Wayback Machine saytida 2016-04-11 sanasida arxivlangan)