[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Geteroploidiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aneuploidiyadan yoʻnaltirildi)

Geteroploidiya (yun. getero..., plos bu yerda — karrali va eidos — tur), aneuploidiya, polisemiya — organizm hujayralarida xromosomalar sonining galloid soniga karrali boʻlmagan holda oʻzgarishi. Geteroploidlarning yashovchanligi sust boʻladi. Geteroploidiya odamda, drozofilada, gʻoʻza, bangidevona, gʻalladoshlar va boshqalarda topilgan. Gʻoʻzada xromosomalar (x)ning asosiy soni — 13. Poliploid turlarning somatik hujayralaridagi xromosomalar soni 2p=52 bilan, asosiy son boʻyicha esa ular tetraploid 4p=52 tarzida belgilanadi. Diploid turlar 2p=2x=26 ga ega. Somatik hujayralari 52 ta xromosomali gʻoʻzalar meyozda 26 ta bivalentlar (ikkita gomologik xromosomalar) hosil qiladi va toʻplamdagi har bir xromosomasi oʻz juftiga ega boʻlgan disomik (2p) hisoblanadi. Toʻplamda bitta xromosoma yetishmagan (2p—1) holda monosomiklar vujudga keladi; bunday oʻsimliklarning somatik hujayralarida 51 ta xromosoma mavjudligi sababli meyozda 25 ta bivalent + 1 ta univalent (yakka xromosoma), yaʼni 252+1’ hosil qiladi. Ikki gomologik xromosoma (2p—2) ning yetishmasligidan nullisomik (2p— 2=50; 252) lar shakllanadi. Asosiy toʻplamga bitta xromosomaning qoʻshilishidan trisomik (2p+1=53; 252+12+|), ikkita xromosoma qoʻshilishidan tetrasomik (2p+2=54; 252+2+12+2 yoki 252+14)lar paydo boʻladi. Agar nullisomikda bir juft gomologik xromosoma yetishmasligi kuzatilsa, monosomikda bitta (qarang Gemizigotapik), triva tetrasomiklarda uch va toʻrtgacha juftsiz xromosomalar uchraydi. Juftdagi xromosomalardan birining yoki butun bir juftning yoʻqolishi yoki, aksincha, qoʻshilishi gʻoʻzaning fenotipida maʼlum oʻzgarishlarga sabab boʻladi [mas, changi gammanurlar bilan nurlantirilganidan soʻng olingan "pakana" radiomutanti koʻpgina miqdoriy va sifat belgilarining oʻzgarganligi hamda aneuploid sondagi xromosomalari bilan farq qiladi]. Somatik va jinsiy hujayralardagi ayrim juft xromosomalarning qutblarga ajralishidagi buzilishlar Geteroploidiyaga sabab boʻladi. Shuning uchun Geteroploidiya meyotik va mitotik boʻlishi mumkin (qarang Meyoz, Mitoz).

Geteroploidiya yordamida genotipdagi ayrim xromosomalar va genlarning irsiy ahamiyati, genotip evolyutsiyasi, monosom va nullisom genetik taxdil yoʻli bilan turli belgilarning irsiylanishi, xromosomalarning navlararo va yot turlararo almashinishi oʻrganiladi.

Abdusamat Egamberdiyev.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil