[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Claudio Monteverdi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Claudio Monteverdi
Tavalludi 15-may 1567
Vafoti 29-noyabr 1643
Fuqaroligi Republic of Venice

Claudio Giovanni Antonio Monteverdi (talaffuzi: Klaudio Jovanni Antonio Monteverdi; taxminan 1567.15.5, Kremona — 1643.29.11, Venetsiya) — italyan kompozitori. Opera janrining ilk klassik namunalarini yaratgan, birinchi ommaviy opera teatri (1637, Venetsiya) tashkilotchilaridan. Mantuya va Venetsiya shaharlarida xonanda, sozanda, kapella boshligʻi sifatida xizmat qilgan. Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida ijodiy safarlarda boʻlgan. Asosan, polifoniya uslubida vokal va xor asarlarini ijod qilib, madrigal janri ustasi sifatida shuhrat qozongan. 1587—1638-yillarda nashr ettirgan madrigallarining 8 ta toʻplamida yangi, "hayajonli" musiqiydramatik uslubni yaratgan. Unda nutkdosh ohanglarning ifodaviyligi, ariyalarning kuychanligi, ansambl shakllarining rivojlanganligi, orkestr joʻrligining boyligi oʻzaro qorishib ketgan. "Orfey" (1607), "Poppeyagatoj kiygizish" (1642) operalari mashhur.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil