[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Aleut orollari

Koordinatalari: 52°05′49″N 173°30′02″W / 52.09694°N 173.50056°W / 52.09694; -173.50056
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleut orollari
Geografiya
Maydoni 6821 km2
Dengiz sathidan balandligi 2857 m.
Eng baland nuqtasi Mount Shishaldin
Ma'muriyat
Davlat AQSh[1]
Mintaqa Alyaska
Demografiya
Aholisi 8162
Qo'shimcha ma'lumot

Aleut orollari — Tinch okean shimolida, Alaska yarim oroldan janubga tomon 1740 kmga yoy shaklida choʻzilgan arxipelag. Aleut botigʻidan kutarilib turgan suv osti togʻlarining tepalari. Koʻpdan-koʻp orol va qoyalardan iborat. Bering dengizini janubiy tomondan oʻrab turadi. Maydoni 37,8 ming km². Aholisi 7,5 ming kishi. Koʻp orollar vulkan to-glaridan iborat. Unimak o.dagi eng ba-land Shishaldin vulkani 2860 m. Aleut orollari da 25 ta soʻnmagan vulkan bor. Tez-tez zil-zila bulib turadi. Iqlimi subarktika okean iqlimi, qishi iliq, nam, kuchli shamollar esib turadi. Kor qalin yogʻadi. Togʻ choʻqqilarini doim qor qop-lab yotadi. Eng sovuq oy — fevralning oʻrtacha temperaturasi −1,4°, baʼzan −10, 15° gacha sovuq boʻladi. Avgustniki 11,9°. Yiliga 1500 mm yogʻin yogʻadi. Oʻsimliklari asosan oʻt 314va butalar; tuproqlari oʻtloq, tundra tuproqlaridir. Maʼmuriy jihatdan AQShning Alyaska shtatiga karashli. Aleut orollari da AKSH harbiy bazalar qurgan. Eng yirik aholi punkti — Adak. Aholisi baliq, dengiz hayvonlarini ovlash bilan shugʻullanadi. Aleut orollari 18-asr oʻrtalarida Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingan. 1867-yil podsho hukumati Aleut orollarini Alyaska bilan birga AQShga sotib yuborgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

52°05′49″N 173°30′02″W / 52.09694°N 173.50056°W / 52.09694; -173.50056




  1. (unspecified title)