[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

urugʻ

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

u-rugʻ

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

URUGʻ ’hosila uchun asos boʻladigan narsa1. Sarxil u r u gʻ eksang, tez va bahuvvat unib chihadi. Bu ot qa-dimgi turkiy tilda mavjud boʻlib, 'hosil qil-’, ’yarat-’ maʼnosini anglatgan ur- feʼliga -(u)gʻ qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan (ЭСТЯ, I, 605; Devon, I, 95; DS, 615): ur- + ugʻ = urugʻ (urchi- soʻzi ham shu ur- feʼlidan yasalgan).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Oʻsimlikning murtak, oziqmod-dalari va qobiqdan iborat hosili; don, tuxum. ◆ Sochilgan urugʻ unib chiqdi. Bemaza qo-vunning urugʻi koʻp. Maqol . ◆ Tertoʻkib, sochsang urugʻ, yer seni qoʻymas quruq. Maqol . n Koʻklam-da ona-bola togʻ etagidagi qoʻriqqa chiqib, belkurak bilan yer agʻdarib, lalmi bugʻdoy ekishdi, lekin qurgʻoqchilik boʻlib, uruqqa ham chuv tushishdi. P. Qodirov, Uch ildiz.

2 Jonivorlar, hasharotlarning jinsiy hujayrasi; tuxum. Bir chugʻurchuq bir kunda oʻn mingtagacha hasharotni yeydi. Hasharot esa, yoʻq boʻlib ketmasligi uchun, millionlab tuxum qoʻyadi. S. Nurov, Narvon.

3 Ipak qurti kapalaginingtuxumi, qurt urugʻi. ◆ Samarqand qurt urugʻi zavodi faqat oq pilla oʻraydigan ipak qurti urugʻlari tayyorlay boshladi. Gazetadan .

4 biol. Erkaklar jinsiy bezi ishlab chiqaradigan, jinsiy xujayralardan iborat suyukdik; sperma, maniy.

5 koʻchma Koʻpaytiradigan, koʻpayadigan, urchiydigan narsa. ◆ Bolalagida uning miyasiga ilm urugʻi qadalsa, keyin sermeva daraxt boʻlib unib chiqqay. M. Osim, „Ibn Sino qissasi“ . ◆ Nizomulmulk fitna urugʻini uzoqni moʻljallab, juda maxfiy sepmoqda. Oybek, „Navoiy“ .

6 (3-sh. birl. shaklida: urugʻi) Ayrim soʻz-lar bilan qoʻllanib, shu soʻz anglatgan narsa yoki shaxs toifasi, koʻpligi maʼnosini bildiradi; zoti. Boʻlsa boʻlar, boʻlmasa — ◆ xo-tinning urugʻi Hirotdan kelgan emas! A. Qahhor, „Asarlar“ . ◆ Dunyoda kitob urugʻi borki, hammasini oʻqib boʻldim. "Mushtum" .

7 Bir ota-bobodan, bir ajdoddan kelib chiqqan kishilar guruhi; avlod. ◆ Bir urugʻ-danmiz.. aloqalarimiz buzilmasin. Sh. Xol-mirzayev, „Ogʻir tosh koʻchsa“ . ◆ Sulton Ahmadbek oraga odam qoʻygan. Butun urugʻlari bilan sizning marhamatingizga muntazir. P. Qo-dirov, „Yulduzli tunlar“ .

8 Ibtidoiy jamoa tuzumida: oʻzaro qon-qardosh boʻlgan kishilardan iborat dast-labki asosiy tashkilot, uyushma, jamoa. ◆ Il-gari oqsoqollar boshchiligidagi har bir urugʻ oʻzini bir-biridan yuqori qoʻyar, bir-birining odatidan, tilidan kular edi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Shirok, bizning urugʻdan. Oʻzi er-takchi, dostonchi dono chol. M. Osim, „Shiroq“ .

Anqoning urugʻi q. anqo. Urugʻini oʻynat-moq Nihoyatda azob bermoq. ◆ Bir tomchi qo-ning qolguncha urugʻingni oʻynatadi. S. Is-moilzoda, „Temur“ . Urugʻini quritmoq 1) av-lodi bilan qirib yubormoq. [ Umirali: ] ◆ Nus-ratilla aka, men-chi.. men har qanday dush-maningizning urugʻini quritaman. A. Muxtor,
Opa-singillar; 2) batamom yoʻq qilib yubormoq. ◆ [Dadajon: \ Murodova yana bir-ikki yil turadigan boʻlsa, chilimning urugʻini ham quritadiganga oʻxshaydi. I. Rahim, „Ixlos“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

УРУҒ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

OʻTIL

urugʻ (koʻplik urugʻlar)

urugʻ
1 семя, семечко, семена; // семенной; ◆ urugʻ kurtagi бот. семяпочка; ◆ urugʻ tayyorlash заготовка семян;
2 биол. семя; // семенной; ◆ urugʻ bezlari семенные железы; ◆ urugʻ yoʻli анат. семяпровод;
3 род; племя; ◆ urugʻ oqsoqoli старейшина рода, родоначальник;
4 родственник, сородич; ◆ ota urugʻ родственники со стороны отца; ◆ ona urugʻ родственники со стороны матери;
5 перен. семена (чего-л.), источник; ◆ nizolar urugʻi семена раздора, источник раздора; ◆ 

  • qurt urugʻi грена; ◆ Anqoning urugʻi см. ◆ Anqo; urugʻini quritmoq извести, уничтожить вместе с потомством.